Onlayn olimpiadalar platformasidan ro‘yxatdan o‘tish qo‘llanmasi

Onlayn olimpiadalar platformasidan ro‘yxatdan o‘tish qo‘llanmasi

KHISO olimpiada maktabi

Yangi saytimizda ro‘yxatdan o‘tish juda sodda bo‘lishiga qaramay, "qanday ro‘yxatdan o‘taman?" ma'nosidagi savollar bo‘lmoqda. Shu sababdan biz qanday ro‘yxatdan o‘tish haqida batafsil tushuntirilgan qo‘llanma tayyorladik. Iltimos diqqat bilan o‘qing!

Eng avvalo khiso.site.uz saytiga kiramiz. (Shuni aytishimiz kerakki, bu vaqtinchalik. Yaqinda yana khiso.uz domeniga o‘tamiz). Shu joyida e'tibor qiling biz www bilan yozmadik, shunchaki khiso.site.uz saytiga kirasiz. 2-qadamda o‘ng yuqori burchakdagi ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosasiz.

1-rasm

Keyingi qadamda ma'lumotlarni to‘ldirishni boshlaysiz. Shu joyida juda diqqatli bo‘ling. O‘quvchi/Talaba yoki O‘qituvchi bo‘limlaridan aynan o‘zingizga mosini tanlashingiz kerak. Keyin o‘zgartirishni iloji yo'q!

2-rasm

Asosiy a'zolarimiz o‘quvchilar bo‘lgani uchun o‘quvchilar uchun ko‘rsatamiz. Viloyat va tuman tanlanganida tug‘ilgan joyingiz emas, ta'lim muassasangiz joylashgan hududni tanlang. Aks holda maktabingiz ro‘yxatda chiqmaydi!

3-rasm

Masalan biz Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi(AFIDUM)ni tanladik. Parol yaratish va parolni tasdiqlang qismida o‘zingizga qulay va esingizda qoladigan parolni tanlang. Masalan biz o‘zimizga khisouz1 deb qo‘ydik.

4-rasm

Keyingi qadamda ishlayotgan va yoningizda bo‘lgan telefon raqam yozishingiz kerak. Telefon raqami nega kerak o‘zi? Bu shaxsni tasdiqlash uchungina kerak. Boshqa maqsadda sizning telefon raqamingiz ishlatilmaydi. Bitta raqamdan faqat bir marta va bitta foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘ta oladi.

5-rasm

Yozilgan telefon raqamga sms orqali 4 xonali tasdiqlash kodi yuboriladi. Bu haqiqatdan siz ro‘yxatdan o‘tayotganingizni tasdiqlaydi. Siz sms kelgan raqamni emas, aynan sms xabar ichida yozilgan 4 xonali tasdiqlash kodini kiritishingiz kerak. Masalan bizning tasdiqlash kodimiz 4083!

6.1-rasm
6.2-rasm

Akkauntingiz yaratilishi bilan ilk ochiladigan sahifada "Profilingiz ma'lumotlarini tahrirlang" sahifasidir. Shu sahifada darhol ism-familiya-sharifingizni (va jinsingizni, rasmingizni) kiritishni unutmang. Aks holda sertifikatingiz bo‘sh chiqadi.

7-rasm

Olimpiadalar bo‘limidan yangi olimpiadalar bilan tanishingiz mumkin. Aynan o‘zingizga mos olimpiada qismidan u haqida batafsil ma'lumot olishingiz yoki ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

8.1-rasm
8.2-rasm

Oldinroq ro‘yxatdan o‘tib qo‘ygansangiz olimpiadalar avtomatik ravishda "Ro‘yxatdan o‘tilgan" bo‘limiga o‘tadi. Olimpiada boshlanish vaqti kelgach "Kuting" tugmasi "Boshlash" tugmasiga almashadi.

9-rasm

Yana bir bor ta'kidlaymiz, ushbu qo‘llanmani diqqat bilan o‘rganib chiqing.

Report Page